Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U 2017-yilning may oyidan buyon statistika organini boshqarib kelayotgan edi.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining real daromadlari o‘sishi 3,3 foizgacha sekinlashdi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 7,7 foizga teng bo‘lgandi. Aholining daromadlar tarkibida pul o‘tkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromad 3,2 mln so‘mgacha ko‘tarildi.
O‘zbekistonda avtomaktab xizmatlari narxi keskin oshdi. Samarqand viloyatida haydovchilar tayyorlash maktablari 2,5 mln so‘mlik, Jizzaxda 1,6 mln so‘mlik yagona narx belgilashga kelishib olgan. Ularning narxlarning past bo‘lganligi o‘qitish sifatiga ta’sir qilganligini ta’kidlamoqda. Endilikda avtomaktablar egalarining o‘zlari yagona narxlarga rioya etilishini tekshiradi.
O‘zbekistonga 11 oy davomida qiymati 502,8 mln dollarga teng bo‘lgan 23 mingdan ziyod yengil avtomobil import qilindi. Xususan, xorijdan 13,8 mln dollarga 689 ta elektromobil keltirildi.
O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 10 oy ichida 110,2 mln dollarlik 300 mln litrdan ortiq benzin import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi orginfo.uz sayti bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan, faqatgina qo‘mita nomining manba sifatida keltirilishiga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi. «Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz va shu kabi boshqa elektron platformalarning yopilishi tarafdori emas», — deyiladi bayonotda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.
Respublika hududlari kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha, joriy narxlarda yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha va tashqi savdo aylanmasi yuqoriligi bo‘yicha ham Toshkent shahri yuqori o‘rinni egallagan. Tovarlar eksport-importi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
Yanvar-oktabr oylarida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan jami 613 dona elektromobil import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillar asosan Xitoydan (551 ta) olib kelingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Ushbu xarid uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar sarflagan.
Davlat staistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil etdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga, pullik xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda 2020/2021 — o‘quv yili boshida 571,5 ming nafar talaba OTMlarda ta’lim olmoqda. Ulardan 311,5 ming nafari yigitlar, 260 ming nafari qizlarni tashkil etgan.
1 oktabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 mln 8 ming 843 kishi yashab kelmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 3,8 mln kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,3 kishi istiqomat qiladi. Toshkent shahrida 2,8 mln kishi doimiy yashamoqda.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga xorijdan 1,6 mln dona mobil telefon import qilindi. Toshkentga 1,56 mln, Qoraqalpog‘istonga esa 2 dona telefon import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar — iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Eng yuqori ulushga ega viloyatlar Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari hisloblanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 7 oyda O‘zbekiston xorijga qiymati 14,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Eksport qilish bo‘yicha mamlakatlar kesimida Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda.
1 iyun holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 ming 654 tani tashkil etmoqda. Hududlar kesimida Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida eng ko‘p xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona mavjud.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting